
AQSHda tahsil olish – o‘zbek talabalarining orzusi Maksim Yeniseyev AQSHning O‘zbekistondagi elchisi Pamela Spratlen va AQSH Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo‘yicha yordamchisining muovini Elis Uells 1-fevral kuni Toshkentdagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining “Amerikaga oyna” o‘quv zalida talabalar bilan suhbatlashmoqda. (O‘zbekistondagi AQSH elchixonasining matbuot xizmati) TOSHKENT – O‘zbekistonlik talabalar Amerikada olingan ta’lim ularga o‘z vatanlarida mavqe-martabaga erishishga yordam beradi degan umid bilan AQSHdagi nufuzli oliygohlarga o‘qishga kirishga intiladilar. “Amerikada o‘qish – orzium”, deydi Karvonsaroy bilan suhbatda toshkentlik 19 yashar Ravshan Jabborov. “Xorijdagi nufuzli oliygohda ta’lim olib qaytishim bilan men O‘zbekistonda yuqori haq to‘lanadigan ishga da’vogar bo‘la olaman”, deydi u. Milliy kutubxona direktori Alisher Abduazizov 25-yanvar kuni Toshkentda “Amerikaga oyna” o‘quv zalining ochilish marosimida. (O...